QDUda «Tinchlik va totuvlik bebaho ne'mat » mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi | | Karakalpak state university

QDUda «Tinchlik va totuvlik bebaho ne’mat » mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Tinchlik va totuvlik bebaho ne’mat ” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi B.Matmuratov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori A.Reymov, Nukus shahar IIB boshligʻi Z.Zaytov, Fizika-matematika fanlari nomzodi, professor B.Abdikamalov, universitetning barcha professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi. Tadbirni universitetimiz rektori A.Reymov ochib berdi va olib bordi.

Daslab u oʻz soʻzida insonning yaxshi yashashi komil inson va barkamol shaxs bulib rivojlanishida sogʻliq va tinichlik muhim ahamyatga ega ekanligini aytib, joriy yil 1-2-iyul kunlari Nukus shahrida boʻlib oʻtgan voqealar hammamizni katta tashvishga solganin, bu voqyeolar yoshi ulugʻ insonlar bilan birga yoshlarimizniham tinichlikning qadriga etishga qalbida shukronalik tuygʻularini yanada oshirganligin aytib oʻtdi. Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Senati a’zosi, B.Matmuratov soʻzga chiqib, Hurmatli Prezindentimizning birinchi navbatda tinchlik va totuvlik kerak buni asrash barchamizning burchimiz boʻlishi kerak ekanligin, shuningdek, Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar, yoshlarimizga mamlakatimizda yaratib berilgan imkoniyatlar haqqida ta’kidlab oʻtib hamda Qoraqolpogʻiston Respublikasidagi soʻngi yillarda tanib boʻlmas darajada oʻzgarishlar, Muynoq, Boʻzatov, tumanlarida olib borilayotgan islohatlar haqqida keng jamoatchilikga misollar bilan tushuntirib oʻtdi.

Ushrachuvda Nukus shahar IIB boʻlim boshligʻi I.Zaytov soʻzga chiqib, boʻlib oʻtgan voqyeolar haqqida toʻqtalib, bunda koʻbchilik insonlar bilib-bilmay aralashib qolganligi, bu holat boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilganligi, shu bilan birga Qoraqalpogʻistonda favqulodda holat muddatidan avval tugatilganligi aytib, fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlardagi harqil tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ichonmasdan mahsus «call center»gа bogʻlanishni aytib oʻtdi. Shuningdek uchrashuvda universitetimizning professor-oʻqituvchilari B.Abdikamalov, Sh.Abdinazimov, Q.Jarimbetovlar soʻzga chiqib, tinichlik va tatuvlikning qadriga etish lozim ekanligin, Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar, yoshlarimizga yaratib berilgan imkoniyatlar va mamlakatimizda bilim olaman, hunar oʻrganaman degan har bir insonga keng imkoniyatlar yaratilib berilgani haqqida aytib oʻtdi.

QDU Matbuot kotibi

Foydali havolalar