https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLAR-INSON MANFAATINING ASOSIY MEZONI | | Karakalpak state university

KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLAR-INSON MANFAATINING ASOSIY MEZONI

Konstitutsiya har bir davlatda muhim ahamiyat kasb etuvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Mutaxassis olimlarning fikricha davlatning konstitutsiyasi shu davlatning yuzi hisoblanadi, chunki qaysi davlatning konstitutsiyasi bo‘lmasin unga qarab o‘sha davlatning ijtimoiy muhitini anglash mumkin.

    Konstitutsiya-asosiy qonun bo‘lgani bilan, unga ham insoniyat hayotidagi o‘zgarishlar, axborot-texnologiyaning kundan-kunga o‘sib borayotganligi, xalqaro maydondagi global o‘zgarishlar o‘z ta’sirini albatta ko‘rsatadi. Demoqchi bo‘lganimiz shuki, hamma davlatning kostitutsiyasi ham zamon talablaridan kelib chiqib o‘ziga xos o‘zgarishlarga ehtiyoj sezadi. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Qonun ustuvorligini ta’minlashda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.

    Dunyo konstitutsiyaviy amaliyotiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, so‘nggi 30 yillikda 90 ga yaqin davlatda demokratik konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilib, ularning 53 tasida yangi konstitutsiyalar qabul qilinganini ko‘ramiz. Bundan xulosa qilib aytish mumkinki, muayyan vaqt o‘tgandan so‘ng davlatning Asosiy qonuniga ham tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish hayotiy zaririyatga aylanib boradi.

    Mazkur jarayon, ayniqsa, mamlakatimizda 2017-2022-yillarda va  “Inson qadrini yuksaltirish” maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham xalqaro talablarga javob beradigan darajada bo‘lishiga qaramasdan o‘zgarishlarga bo‘lgan ehtiyojni chetlab o‘ta olmaydi.

    Shu sababli 2022-yil 15-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik  palatasining “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi kostitutsiyaviy  qonun loyihasining umumxalq muhokamasi haqida”gi 2304-IV sonli  qarori qabul qilindi.

    Qonun ustuvorligi, oddiy qilib aytganda, qonunlarga rioya etish demakdir. Ushbu tamoyil har qanday rivojlangan davlatning poydevorini tashkil etadi. Bobokalonimiz buyuk Sohibqiron Amir Temur “Saltanatim martabasini to‘ra va tuzuklar asosida shunday saqladimki, uning ishlariga aralashishga hech bir kimsaning qurbi yetmasdi”, deb o‘z davlatini qat’iy qoidalar, qonunlar orqali boshqarilganligini ko‘rsatib beradi.

     Yurtimizda konstitutsiyaviy islohotlarning boshlanishini bir qancha asosiy omillar va sabablar taqozo etdi. Bulardan eng muhim va birinchi sabablardan biri bu-ilgari amalda bo‘lib kelgan “davlat-jamiyat-inson” tamoyilini “inson-jamiyat-davlat” tamoyiliga o‘zgartirish zaruriyati mazkur islohotlarning boshlanishiga birlamchi asos bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

    Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, Yangi Konstitutsiyaning asosiy, prinsipial yangiliklarida O‘zbekiston-ijtimoiy davlat deb belgilanmoqda. Ijtimoiy, bu-insonga e’tibor va g‘amxo‘rlik degani. Davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq Konstitutsiyadagi normalar 3 barobarga ko‘paytirilayapti. Bu esa yurtimizda insonga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yuksak darajada ekanligining yaqqol dalilidir.

     Ijtimoiy davlatga xos  yondashuv ta’lim sohasi bo‘yicha ham ko‘pgina modda va normalarda o‘z ifodasini topmoqda. Ta’lim va ilm-fanga oid normalar qariyb 2 barobarga oshmoqda. Fuqarolarning oliygohlarga davlat granti hisobidan o‘qish huquqi qat’iy belgilanmoqda.

       Ma’lumot tariqasida aytish mumkinki, 2017-yilgacha oliygohlarga kirish uchun davlat grantlari soni faqat qisqarib kelgan bo‘lsa, oxirgi olti yilda bu boradagi ahvol butunlay o‘zgardi. Grantlar soni 2 baravar ko‘payib, 40 mingtaga yetdi. Shundan magistratura uchun 5 baravar ko‘paydi. Shuningdek, fuqarolarning bepul boshlang‘ich kasb-hunarga o‘qitilishi va nogironligi bor bolajonlarimizga o‘z tengdoshlari bilan bir qatorda ta’lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Shuning uchun, bunday imkoniyatlar inklyuziv ta’lim sifatida Konstitutsiyaga kiritilmoqda.

     Xulosa tariqasida shuni aytadigan bo‘lsak, bugungi amalga oshirilayotgan kostitutsiyaviy islohotlar ijobiy jihatlari bilan xalqimiz va davlatimiz taraqqiyoti uchun beqiyos ahamiyatga egadir. Eng avvalo, mazkur islohotlar, tom ma’noda “inson qadri uchun” degan ezgu tamoyilning hayotda o‘z ifodasini topishiga va yangi O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzi yanada ortib, jonajon yurtimizning ijobiy imidji yanada yuksalishiga xizmat qilishi lozim.

 

O‘zbek filologiyasi fakulteti “O‘zbek tili va adabiyoti”

                                                                kafedrasi o‘qituvchisi Yu.Sh. Nurjanova

Foydali havolalar