https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni | | Karakalpak state university

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni

Yurtimizda Vatan himoyasi kabi sharafli ulugʻvor ishga oʻzini bagʻishlagan harbiylarimiz, nafaqadagi faxriylarimiz katta hurmat va eʼzoz bilan qadrlanib, har yili “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” katta bayram va shodiyona bilan oʻtadi. Bu kabi eʼtibor va eʼtirof masʼuliyatli kasb egalarining Vatan oldidagi xizmatlarini yuqori baholanishini namoyon etib, ularning kelgusidagi faoliyatiga ham kuch-quvvat, shijoat va albatta sadoqat bagʻishlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va Qo‘riqlash boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi va “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan hududiy o‘quv markazi yoshlar bilan ochiq eshiklar kuni tadbirini o‘tkazdi. Ushbu tadbirda Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari va tyutorlari faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan qurol-aslaha, qudratli harbiy texnikalar va harbiy xizmatchilarning kundalik hayoti bilan tanishdi.

 

 

Foydali havolalar