https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
11-yanvar Xalqaro qoʻriqxonalar va milliy bogʻlar kuni | | Karakalpak state university

11-yanvar Xalqaro qoʻriqxonalar va milliy bogʻlar kuni

Har yili 11-yanvar sanasi “Xalqaro qoʻriqxanalar va milliy bogʻlar kuni” sifatida belgilab kelinadi. Bu sana 1997-yildan boshlab yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish markazi va Jahon yovvoyi tabiat jamgʻarmasi tashabbusi bilan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, tabiiy muhitni asrab-avaylash, hayvonat va oʻsimlik dunyosining koʻplab turlari, shu jumladan yoʻqolib borayotgan turlarni saqlash va tiklash masalalariga keng jamoatchilikning e`tiborini qaratish maqsadida belgilanadi.

Ushbu sana munosabati bilan 11-yanvar kuni Biologiya fakultetida ilmiy seminar tashkillashtirildi. Ilmiy seminarda “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bogʻi, “Sudoche-Aqpetki” buyurtma qoʻriqxonasi, “Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati”, “Orolboʻyi milliy tabiat bogʻi”,  “Barsakelmes” davlat buyurtma qoʻriqxonasi mutaxasislari va Biologiya fakultetining professor oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

Seminar davomida mutaxassislar, professor oʻqituvchilar oʻz maʻruzalari bilan qatnashib, bu kunning ahamiyati, bugungi kunda bu sohada olib borilayotgan ishlar, Qoraqalpogʻiston sharoitida biologik xilma-xillik holati, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun yaratilgan sharoitlar, bahorgi va kuzgi sanoq davrida olingan qiziqarli ma’lumotlarni aytib oʻtdi. Seminar yakunida ishtrokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Tadbir koʻtaringki kayfiyatda qiziqarli tarizda boʻlib oʻtdi.

 

Biologiya fakulteti “Ekologiya va tuproqshunoslik”

kafedrasi assistenti;     Aygerim Nag`ashibayeva

 

 

 

 

 

Foydali havolalar