https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
Xotin-qizlar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida chet tillari fakulteti talabalari bilan uchrashuv | | Karakalpak state university

Xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida chet tillari fakulteti talabalari bilan uchrashuv

 Joriy yilning 18-yanvar kuni 4,5-sonli talabalar uyida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, shuningdek, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Chet tillari fakulteti hotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Ametova va fakultet tyutorlari Z.Yerimbetova va A.Farhodovalar talabalar uchun uchrashuv tashkil qilishdi. Tadbirga xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, podpolkovnik Ayjamal Namenova, mayor Uldaulet Orыnboyeva va Berdaq nomidagi QDU psixologi Gulchehra Reimbayeva taklif etildi.

Katta inspektor A.Namenova talabalar bilan “Jinoyat va ma’muriy javobgarlik” mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazdi. Namenova Ayjamal o‘z suhbatida talabalarga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini tushuntirib berdi. U terrorizm va ekstremizmning oldini olish, shuningdek, ruxsat etilmagan tadbirlarda ishtirok etishni taqiqlash sohasi haqida gapirdi. Shuningdek, podpolkovnik A.Namenova universitet va talabalar turar joyining ichki tartib qoidalariga bo‘ysinishi, talabalarning universitetda va jamoat joylarida o‘zini tutishi, talabalarning o‘qituvchiga, kattalarga, tengdoshlariga hurmatli va to‘g‘ri munosabati, yosh oilalarning ajirimlarining oldini olish masalalariga to‘xtalib o‘tdi. Suhbat katta inspektor A.Namenovaning kasbiy faoliyatidan aniq misollar va faktlar asosida olib borildi.
Mayor Uldaulet Orinbayeva jinoyat turlari: o‘g‘irlik, tovlamachilik, talonchilik va jinoiy va ma’muriy javobgarlik necha yoshdan boshlanishi, qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun qanday jazolar qo‘llanilishi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.Keyin psixolog Gulchehra Reyimboyeva talabalar o‘rtasida psixologik so‘rov o‘tkazdi. Suhbatda talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, ularga atroflicha javob oldilar.

Chet tillari fakulteti hotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Ametova

 

 

Foydali havolalar