https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
Ashshiko'l ko'lida suvda suzuvchi qushlarning xalqaro qishki sanog'i o'tkazildi | | Karakalpak state university

Ashshiko‘l ko‘lida suvda suzuvchi qushlarning xalqaro qishki sanog‘i o‘tkazildi

 

Har yili yanvar oyining ikkinchi haftasidan so‘ng jahonning 140 dan ziyod davlatida suvda suzuvchi qushlarning xalqaro qishki sanog‘i o‘tkaziladi. O‘zbekistonda esa bu ekologik tadbir har yili O‘zbekiston qushlarini muhofaza qilish jamiyatining tashabbusi bilan o‘tkazilib kelinmoqda.

Joriy yilnig 13 chi va 21-yanvar kunlari  Qoraqalpoq davlat universiteti  Biologiya  fakultetining ornitolog o‘qituvchilari, tayanch doktorantlari, magistrantlari va Otus-talabalar ornitologik klubi a’zolari tomonidan Nukus shahri atrofida joylashgan Ashshiko‘l ko‘liga ekspeditsiya tashkillashtirildi.  Ekspeditsiyaga 23 kishi qatnashdi.

Ekspeditsiyaning asosiy maqsadi – suvda suzuvchi qushlarning xalqaro qishki sanog‘ini amalga oshirish va ularga kuzatish olib borish hisoblanadi.  Kuzatish davomida Ashshiko‘l ko‘lida 17 turga mansub 645 ta qush ro‘yxatga olindi. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kirgan 12 ta oqqush Cygnus olor,   165 ta yovvoyi o‘rdak Anas platyrhynchos, 28 ta olmabosh  Netta nufina, 7 ta oddiy chag‘alay Larus cachinnans va  boshqa suvda suzuvchi qushlar uchradi.

 

Yakub Ametov

Qoraqalpoq davlat universiteti

Biologiya fakulteti dekani,

biologiya fanlari doktori, professor

 

 

 

Foydali havolalar