https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
BIOLOGIYA FAKULTETIDA «SUV-BOTQOQ HUDUDLARI VA INSON FAROVONLIGI» MAVZUSIDA ILMIY SEMINAR BO'LIB O'TDI | | Karakalpak state university

BIOLOGIYA FAKULTETIDA «SUV-BOTQOQ HUDUDLARI VA INSON FAROVONLIGI» MAVZUSIDA ILMIY SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 2 fevral kuni Qoraqalpoq davlat universiteti Biologiya fakultetida «2 fevral – Butunjahon suvli-botqoqli hududlari kuni» munosabati  bilan ilmiy seminar o‘tkazildi. Ilmiy seminarga O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi partiya tashkiloti a’zolari, Saygachiy majmua landshaft buyurtma qo‘riqxonasi, Janubiy Ustirt milliy tabiat bog‘i va Borsakelmas davlat buyurtma qo‘riqxanasidan mutaxassislar, biologiya fakulteti professor o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar, talaba yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

 Ilmiy seminarda suvli-botqoqli hududlarning biosfera barqarorligini saqlash va inson hayotidagi ahamiyati haqida bayonotlar qilindi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi suvli-botqoqli hududlar va u yerda tarqalgan biologik xilma-xillik, ularning xalqimiz hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Ilmiy seminar savol-javob shaklida davom etib ishtrokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

 

Quralbay Turdibaev

Qoraqalpaq davlat universiteti

Ekologiya va tuproqshunoslik kafedası

tayanch doktorantı

 

Foydali havolalar