https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
Davlat dasturi loyihasi universitet jamoasi oʻrtasida muhokama qilindi | | Karakalpak state university

Davlat dasturi loyihasi universitet jamoasi oʻrtasida muhokama qilindi

Hurmatli Prezidentimiz tomonidan 2024-yil mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” deb belgilandi. Shu asosda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 2024-yilga moʻljallangan Davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun www.uzbekistan2030.uz saytiga joylanib, loyiha joriy yilning 9-fevral sanasiga qadar keng jamoatchilik va ekspert muhokamalaridan oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida davlat dasturi loyihasi universitet jamoasi oʻrtasida muhokama qilindi. Unda Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi dotsenti J.Sagindikov, Inson huquqlari, davlat huquqi va boshqaruv kafedrasi dotsenti X.Kabulov, Iqtisodiyot fakulteti dekani, dotsent K.Kudiyarov, Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi dotsenti A.Kidirbayeva, Ijtimoiy fanlar kafedrasi assistenti A.Orazbayev hamda universitet professor-oʻqituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirni universitet Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor S.Alawatdinov olib bordi.

Dastlab tadbirda soʻzga chiqqanlar, Farmon loyihasida beliglangan 5 ta yoʻnalish boʻyicha 100 ta maqsadga erishish uchun 2024-yildagi amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar keng jamoatchilik vakillari tomonidan qizgʻin muhokama qilinayotganligi, ayniqsa mazkur loyihada oliy taʼlimga qamrab olish darajasini kengaytirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish; nodavlat va respublikadagi xorijiy oʻquv yurtlariga kunduzgi taʼlim shaklida qabul qilish parametrlarini oshirish, shuningdek, nodavlat va respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy taʼlim muassasalarida davlat grantlari asosida kadrlar tayyorlashni 20% ga oshirish, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida amaliyotga ixtisoslashgan kasblarga tayyorlash muddatlari va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni qayta kӱrib chiqish, oʻquv dasturlarini jahonning nufuzli universitetlari namunasi asosida takomillashtirish kabi bir qancha vazifalar xususida talaba-yoshlarga batafsil maʼlumotlar berdilar. Shundan soʻng, Tarix fakulteti 1-kurs magistranti X.Utemuratova, Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti 4-kurs talabasi S.Yerkinova, Yuridika fakulteti 2-kurs talabasi J.Abdullayevlar “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 2024-yilga moʻljallangan Davlat dasturi loyihasi haqida oʻzlarining taklif va tavsiyalarini bildirdilar. Tadbirda talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

QDU matbuat kotibi

Foydali havolalar