https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
Samarqand shahrida Yovvoyi hayvonlarning ko'chib yuruvchi turlarini saqlash bo'yicha xalqaro konferentsiya COP14 bo'lib o'tmoqda | | Karakalpak state university

Samarqand shahrida Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha xalqaro konferentsiya COP14 bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yilning 12-fevral kuni Samarqand shahrida “Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha Konventsiya” ishtrokchilarining 14-konferensiyasi (CMS COP14) boshlandi. Konferentsiyani O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri A.N. Aripov ochib berdi. Konferentsiyani O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.Abduxakimov olib bordi.

 Konferantsiyaga dunyoning 130 dan ortiq davlatlaridan 1700 ga  yaqin delegatlar, shuningdek, O‘zbekistonning oliy ta’lim muasassalari,  ilmiy-tadqiqod institutlari va nodavlat tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etmoqda. Kuzatuvchilar  qatorida Qoraqalpoq davlat universitetidan Biologiya fakulteti dekani, b.f.d., professor Yakub Ametov, ilmiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, PhD Amet Xabibullaev va tayanch doktorant Quralbay Turdıbaevlar ishtirok etishmoqda. Konferentsiyada yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish va ularning yashash joylarini saqlab qolish masalalari muhokama qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz,  CMS konvensiyasi 1979-yilda Bonn shahrida (Germaniya) imzolangan va 1983-yilda kuchga kirgan. Konvensiyaga  133 davlat a’zo bo‘lib, O‘zbekiston bu Konvensiyaga 1998-yil 1-sentabrdan qo‘shilgan. “Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha Konvenciya” ishtirokchilarining konferentsiyasi O‘zbekiston tarixida 1-marta  o‘tkazilmoqda va 17-fevralga qadar davom etadi.

 

 Amet Xabibullaev

 Qoraqalpoq davlat universiteti

 Biologiya fakulteti ilmiy ishlar boyicha

dekan orinbosari, PhD

 

 

 

 

 

Foydali havolalar