https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
QDU talaba yoshlari "Mehr Orolni qutqaradi" shiori ostida Orolda saksovul ekish ishlarida qatnashdi | | Karakalpak state university

QDU talaba yoshlari “Mehr Orolni qutqaradi” shiori ostida Orolda saksovul ekish ishlarida qatnashdi

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan Orol dengizining suvi qurigan qismi va Orolbo‘yi hududidan ko‘tarilayotgan qum, tuz va changlarning salbiy taʼsirini kamaytirish, bu hududlarda cho‘l o‘simliklaridan “yashil qoplamalar” paydo qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Ana shunday ezgu tashabbusga munosib hissa qo‘shish maqsadida joriy yilning 13-fevral kuni Qoraqalpoq davlat universiteti jamoatchiligi va bir qator faol talabalar “Mehr Orolni qutqaradi” shiori ostida Orolning qurigan qismidagi “nolinchi nuqta” deb ataladigan joyida bo‘ldi.

Bu yerda universitetning bir guruh talaba yoshlari, professor-o‘qituvchilari yaxshi niyatlar bilan saksovul, yulg‘un va boshqa cho‘lga chidamli o‘simlik ko‘chatlari va urug‘larini belgilangan o‘rinlarga ekib, o‘z hissasini qo‘shdi. Tadbirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, akademik A.Reymov ishtirok etib, Orol dengizidagi ekologik holatni yaxshilash, havoga ko‘tarilayotgan tuzlarning tarqalishini kamaytirish va bunda cho‘lga chidamli o‘simliklarni koʻproq ekish, ekilgan saksovul ko‘chatlarining atrof-muhit uchun ahamiyati haqida aytib, talaba yoshlarga bunday ezgu amallarga o‘z hissasini qo‘shayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Haqiqatan ham bunday tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad ona tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, yer-suv, o‘rmon, atmosfera havosi, o‘simliklar va hayvonot dunyosini asrash, ularni zararlanishdan, yo‘q bo‘lib ketishining oldini olish bo‘yicha talaba yoshlarimizga tushuntirish va tabiatimizni asrab-avaylashga o‘z hissamizni qo‘shish hisoblanadi, — deydi universitetning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektor S.Alauatdinov.

QDU Matbuot xizmati

Foydali havolalar