https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
Geografiya taʼlim yo'nalishi talabalari pedagogik amaliyotida | | Karakalpak state university

Geografiya taʼlim yo‘nalishi talabalari pedagogik amaliyotida

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar fakulteti iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi o‘qituvchilari G.Nauruzbayeva, G.Xodjayeva Yu.Urazimbetova rahbarligi ostidagi geografiya taʼlim yo‘nalishi 4-“B” kurs talabalari Nukus shahri 44-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida mutaxassislik-pedagogik amaliyot  ishlarini olib bormoqda. Ushbu amaliyot davrida 9-fevral buyuk bobokolonimiz, shoirlarning sultoni — Alisher Navoiyning 583 yilligiga bag‘ishlangan tadbir kechasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda maktab direktori G.Kudiyarova so‘zga chiqdi va tadbirni ochib berdi.Tadbir davomida Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati haqida maʼlumotlar berildi, shoirning ijodiy merosidan o‘rin olgan g‘azal va ruboiylar o‘qildi, shoir siymosi sahnada o‘quvchilar tomonidan gavdalantirildi. Tadbirda badiiy chiqishlar, ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Shuningdek, ushbu bayramda faol ishtirok etganligi uchun geografiya va tabiiy resurslar fakulteti 4-“B” kurs talabalari  44-sonli maktab maʼmuriyati va 21131-harbiy okrug qo‘mondonligi tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi.

 

Foydali havolalar