MAKTAB OSTONASIDAGI SABOQLAR | | Karakalpak state university

MAKTAB OSTONASIDAGI SABOQLAR

O‘zbek filologiyasi fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish:o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalari joriy yilning 15-yanvaridan boshlab pedagogik amaliyotga jalb etildi. Bu yilgi pedagogik amaliyot Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti akademik litsey va Nukus shahar maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 3-25-38-maktablarda olib borilmoqda. 

Talabalar amaliyotning birinchi haftasida nofaol amaliyotdan bo‘lib bir qancha darslarni kuzatishdi va tajriba to‘plashdi. Shundan keyin har bir talabaga sinflar ajratildi va maktab o‘qituvchilari biriktirildi.

 Bugungi kunda talabalar mustaqil ravishda ta’lim va tarbiya darslarining barchasini olib bormoqda. Uslubiyatchi o‘qituvchilar M. Ataniyazova, K. Rajapova, O.Abdullayev, O.Ashirovlar amaliyotchi talabalarning darslarini kuzatib, tahlil qilib har tomonlama uslubiy yordam berishmoqda. Shuning bilan birga fakultet dekani M.Kurbaniyazov amaliyotchi talabalar bilan uchrashib, doimiy ravishda darslarini nazorat qilib bormoqdalar.

Pirmaxanova Mohira 401-guruh talabasi 

 

 

Foydali havolalar