NEMIS TILI OʻQITUVCHILARI AMUDARYO MUHANDISLIK TEXNIKUMIDA | | Karakalpak state university

NEMIS TILI OʻQITUVCHILARI AMUDARYO MUHANDISLIK TEXNIKUMIDA

2024-yilning 27-fevral kuni Qoraqalpoq davlat universiteti Chet tillari fakulteti dekani D.Kurbanbayev boshchiligida nemis tili va adabiyoti kafedrasining bir guruh professor-oʻqituvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Germaniya savdo-sanoat palatasi oʻrtasidagi hamkorlik loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Amudaryo muhandislik texnikumiga tashrif qildilar. Germaniyaga borib ishlash istagida boʻlgan fuqarolarga nemis tili ni oʻrgatish maqsadida Amudaryo tumani bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan tashkil qilingan nemis tili kurslari oʻqituvchilariga seminar-trening tashkil qilindi. Mazkur kurslar oʻqituvchilariga metodik yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etilgan seminarda tinglovchilarning bilish darajasi, chet tillari oʻqitishning zamonaviy usullari, axborot resurslarlaridan samarali foydalanish yoʻllari kabi masalalar borasida boʻyicha tavsiyalar berildi. Qoʻllanilayotgan darslik va oʻquv materiallarining audio va video vositalarini dars mashgʻulotlarida qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Mazkur seminarda Amudaryo tumani bandlikka koʻmaklashish markazi rahbari R.Salayev, texnikumning oʻquv va tarbiya ishlari buyicha direktor muovini S. Xudayberganov hamda nemis tili kurslari oʻqituvchisi Z.Atajanova ishtirok etdi. Bundan keyin universitet oʻqituvchilari Ya.Kurbanov, M.Tajigaliyeva hamda Sh.Sobirovalar tinglovchilar uchun amaliy mashgʻulotlar oʻtdilar. Tinglovchilarga darsliklar va boshqa oʻquv materiallari topshirildi.

M.Tajigaliyeva, nemis tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi

   

 

Foydali havolalar