QQDUda "Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi | | Karakalpak state university

QQDUda “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 27-mart kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qoʻmita raisi T.Romanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari B.Otemuratov, milliy markazlardan vakillar, universitetning professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar va bir guruh mehmonlar ishtirok etishdi. Dastlab bayram tadbirini universitet rektori A.Reymov ochib berdi va yig‘ilganlarni o‘lkamizga kirib kelgan yangilanish va yasharish, ijodkorlik va yaratuvchilik ayyomi — Navro‘z umummiliy bayrami bilan qizg‘in tabrikladi.

U o‘z nutqida Navro‘z bayrami bu doim sog‘inib kutiladigan va katta quvonch bilan nishonlanadigan, biz uchun hayot boqiyligi, tabiatning cheksiz saxiyligi, milliy urf-odat va qadriyatlarimizning takrorlanmas namunasi ekanini taʼkidladi. Shuningdek, muhtaram Prezidentimizning “Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy salohiyatni yanada yuksaltirish, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hajmini kengaytirish eng muhim masalalarning biri” deb taʼkidlaganidek, ushbu bayram kunlarida oliygohimizning yutuqlari haqida faxr bilan so‘zladi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qoʻmita raisi T.Romanov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni bayram bilan qizg‘in tabrikladi. Bundan keyin bayramona bezatilgan sahnada kuy-qo‘shiqlar yangrab, urf-odat va qadriyatlarimizga mos sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlar eʼtiboriga havola etildi. Bayram tadbiri davomida mehmonlar universitet fakultetlari tomonidan tayyorlangan milliy taomlar bilan bezatilgan dasturxonlar atrofida yoshlar bilan uchrashib, qozon atrofida jam bo‘lib elning ulug‘ kuni Navro‘z bayramida xalqimizga tinchlik-totuvlik, ahillik tilab, yaxshi niyatlar bilan sumalak taomini aralashtirdi.

Haqiqatan ham, Navro‘z umummiliy bayramini universitet jamoatchiligi, ayniqsa, talaba-yoshlari milliy kiyimlari bilan atrofga o‘zgacha shukuh berib, bir onaning farzandlari kabi mustahkam ahillik bilan bayramni nishonlamoqda. Tadbir davomida har xil tanlovlar, sport musobaqalari o‘tkazilib, iqtidorli yoshlar tomonidan milliy urf-odat, qadriyatlar, milliy raqslar, millatlararo totuvlikni tarannum etuvchi qo‘shiqlar ijro etildi va yig‘ilganlarga bayram kayfiyatini baxsh etdi.

QDU Matbuot xizmati

Foydali havolalar