https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
"Tadbirkorlar maktabi" o'quv markazi o'z ish faoliyatini boshladi | | Karakalpak state university

“Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazi o‘z ish faoliyatini boshladi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Arxitektura fakulteti “Shahar qurilishi va xo‘jaligi” kafedrasida “O‘zsanoatqurilishbank” va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazi Nukus filiali o‘quv kurslarining 2-mavsumi o‘z ish faoliyatini boshladi.

O‘quv markazi qurilish materiallari ishlab chiqarishda tashabbuskor tadbirkorlarning sohadagi malaka darajasini muntazam oshirib borish, ilg‘or arxitektura va dizaynerlik tamoyillariga asoslangan “kelajak materiallari” nomenklaturasini kengaytirish hamda ishlab chiqarishda xalqaro standartlarni keng joriy etish maqsadida tashkil qilingan.

Bugungi kunda “Tadbirkorlar maktabi”da qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida o‘z biznesini boshlash niyatidagi tadbirkorlar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar xodimlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari o‘z malaka va ko‘nikmalarini oshirib kelmoqda. Kurslar chuqur malaka va ko‘nikmaga ega professorlar-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladi.

 

Foydali havolalar