https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
"Jinoyatchilik va kiberjinoyatchilikka qarshi kurash" mavzuvsida uchrashuv bo'lib o'tdi | | Karakalpak state university

“Jinoyatchilik va kiberjinoyatchilikka qarshi kurash” mavzuvsida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 4-aprel kuni O‘zbek filologiyasi fakultetida “Jinoyatchilik va kiberjinoyatchilikka qarshi kurash” mavzuvsida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda universitet profilaktika inspektori, mayor N.Abdimuratova, fakultet tyutorlari va talaba yoshlar qatnashdi. Uchrashuvni fakultet dekani M.Kurbaniyazov olib bordi.

Uchrashuv davomida Kiber jinoyatchilik axborot-kommunikatsion texnologiyalar vositalaridan foydalangan holda, virtual tarmoqda virus va boshqa zararli dasturlar, qonunga zid axborotlar tayyorlash va tarqatish, xakerlik hujumi, veb-saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik, ma’lumotlar butunligi va mualliflik huquqini buzish, kredit kartochkalari raqami hamda bank rekvizitlarini o‘g‘irlash va boshqa turli huquqbuzarliklar haqida qator tushunchalar berildi.

Bundan tashqari ayol-qizlarimizning turmushida uchrab turuvchi zo‘ravonlik, jinoyatchilik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan yaqindan tanishdilar. O‘zbekiston Respublikasi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida“ qonunining maqsadi xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi talabalarga tushintirib o‘tildi. Tadbir davomida talabalar savollariga munosib javoblar olishdi.

 

Foydali havolalar