https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
Oliy ta'lim muassasalari talabalari diqqaga! | | Karakalpak state university

Oliy ta’lim muassasalari talabalari diqqaga!

2024-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 31 yil to‘lishi munosabati bilan, joriy yilning 8-aprel kuni yoshlarimizning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning asosiy tamoyillari va qoidalari boʻyicha bilimlarini oshirishini qo‘llab-quvvatlash, turmushda munosib oʻrinlarni egallashda Konstitutsiyamizning ahamiyatini anglashlari uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olgan talabalar oʻrtasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi tamoyillari va qoidalarini o‘rganish boʻyicha olimpiada oʻtkaziladi.

Olimpiada joriy yilning 8-aprel kuni soat 09:00 da Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridik fakultetida boʻlib oʻtadi. Olimpiada oʻtkaziladigan joyga soat 09:00 dan sababsiz ravishda yetib kelmagan ishtirokchilar olimpiadaga qatnashtirilmaydi.

Olimpiadada Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar yakka tartibda ishtirok etish huquqiga ega.

Barcha ishtirokchi talabalar soat 08:30 da Qoraqalpoq davlat universitetining Yuridik fakulteti binosiga yetib kelishlari shart.

Olimpiada quyidagi bosqichlardan iborat:

1) Insholar tanlovi;

2) Test savollari.

Olimpiada gʻoliblari ikki bosqichda toʻplangan umumiy balli asosida aniqlanadi.

 

Qoʻshimcha maʼlumot uchun telefon:

+99893 712 07 24

+99893 614 26 76

Foydali havolalar