https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
Bitiruvchi kurs talabalari diqqatiga! | | Karakalpak state university

Bitiruvchi kurs talabalari diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4805-sonli, 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5032-sonli hamda 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4851-sonli qarorlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining tegishli yoʻnalishlaridagi bakalavriat bosqich bitiruvchi kurs talabalari oʻrtasida joriy yilning 10-20-iyun kunlari “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan Respublika fan olimpiadasi oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, olimpiada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yill 2-apreldagi 106-son buyrugʻi asosida Fizika va Biologiya fanlari boʻyicha Oʻzbekiston Milliy universitetida, Informatika va axborot texnologiyalari fani boʻyicha Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, Kimyo fani boʻyicha Toshkent kimyo-texnologiya institutida ótkarilishi belgilangan.

Olimpiada nizomi

Foydali havolalar