Elektr texnikasi va metrologiya kafedra tarixi | Karakalpak state university

Elektr texnikasi va metrologiya kafedra tarixi

2020 -yili Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti «Elektr energetikasi» kafedrasi tarkibida ikkita kafedra tashkillashtirildi: Ular «Elektr energetikasi» kafedrasi hamda «Elektr texnikasi va metrologiya» kafedralari bo’lib ochildi. 2020 -yil 2-oktyabrda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitet kengashining qaroriga asosan tashkillashtirilgan kafedra tarkibiga «Elektr energetikasi» kafedrasidan jami 13 professor -o’qituvchi o’tkazilgan bo’lib, shundan 1 texnika fanlari filosofiya doktori (PhD), 2 katta- o’qituvchi, 6 assistent- o’qituvchi, 4 stajyor- o’qituvchi hamda bu yangidan tashkillashtirilgan kafedra mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib texnika fanlari filosofiya doktori (PhD) Abubakirov Azizjan Bazarbayevich tayinlandi. 2020 -yil 9-noyabrdagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitet kengashining qaroriga asosan Abubakirov Azizjan Bazarbayevich ushbu kafedra mudiri sifatida ish olib barmoqta.

Hozirgi kunda kafedrada 16 professor -o’qituvchi ishlamoqda, ularning ichida 1ta texnika fanlari falsafa doktori (PhD) (A.Abubakirov), 2 ta katta-o’qituvchi (K.Najmatdinov, A.Esenbekov), 6 ta assistent- o’qituvchi (M.Bekimbetov, U.Utegenov, R.Tanatarov, Z.Kurbanbayeva, R.Seytimbetov, B.Ametova) va 7 ta stajyor-o’qituvchi (B.Jumamuratov, N.Jumaniyazova, R.Tanirbergenov, I.Gayipov, T.Kurbaniyazov, G.Sattarbergenova, R.Kenesbayev).

Kafedraning professor -o’qituvchilari yangi pedagogik texnologiyalarni hisobga olib, har yili ma’ruza matnlarini, amaliy va laboratoriya ishlarning materiallarini takroriy qarab chiqib, yangilab boradi. Kafedraning barcha fanlari bo’yicha elektron ma’ruza matnlari tuzilib, universitetning axborot-resurs markaziga topshirilgan. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida darslar laboratoriya jihozlari, elektron doskalardan va taqdimotlardan foydalanilib o’tiladi. Magistratura mutaxassisligi uchun “ishlab chiqarish va taqsimlashning yangi texnalogiyasi” fani o’tiladi.

Professor -o’qituvchilar iqtidorliy talabalar bilan doimiy ravishda ilimiy-tadaqiqot ishlarini olib boradi. Bunday talabalar har yili respublikalik olimpiyadalarga va har xil tanlovlarga qatnashib, yaxshi natijalarga erishib keladi. Xususan A.Allakulieva 3-kurs metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti mutaxasisligi talabasi respublikalik olimpiyadasida qatnashib 1-darajali diplom bilan mukofotlandı, Sh.Kuatova 3-kurs metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti mutaxasisligi talabasi Qazoqston respublikasida o’tkazilgan xalqaro konferentsiyasida qatnashib «2021-yilning eng yosh olimi» naminatsiyasida fahirliy 1-o’rinni egalladi.

Zamon talabiga mos yetuk mutaxasislarni tarbiyalashda talabalarning ona tilida yozilgan o’quv adabiyotlarining katta ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib, kafedraning tajribali va yetakchi professor-o’qituvchilari ko’p sonli darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ilmiy -uslubiy adabiyotlar yaratib kelmoqda.

Mustaqillik yillarida ta’lim -tarbiya isharining sifatini yaxshilash, talabalarni hozirgi zamon talablariga mos tarbiyalash ishlari yaxshi yo’lga qo’yilgan. Prezidentimizning chiqib so’zlagan so’zlari va bayonotlarini, farmonlari va qarorlarini, yangidan chiqqan qonunlarni talabalar orasida keng targ’ibot-tashviqot ishlari oldindan tuzilgan rejalar bo’yicha doimiy ravishda o’tkaziladi. Talabalarda tug’ilgan yerni, vatanni sevish hislarini va yuqori insoniylik fazilatlarni uyg’otish, tarbiyalash bo’yicha keng xajmli ishlar olib borilmoqda.

Kafedrada har xil atamalarda har oyda kafedra o’qituvchilari va iqtidorliy talabalarning ishtirokida seminar o’tkaziladi.

 Kafedra ta’lim -tarbiya ishlarining sifatini borgan sari orttirib, ilimiy-tadaqiqot ishlarining samarodorligini yuqori darajali mutaxasislarni, pedagogik kadrlarni tizimli tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida respublikamizning va chet davlatlarning taniqli oliy o’quv yurtlari, ilimiy-tadaqiqot institutlari bilan aloqaqa ega. Moskva politexnika Instituti, «YoDJU» texnik instituti Tashkent filiali, Tashkent davlat texnika universiteti, Tashkent axborot texnologiyalari universitetlari mos kafedralari bilan shartnomalar tuzilib, yaqindan hamkorliklar olib boradi.

Xususan, kafedrada Tashkent davlat texnika universiteti «Elektrotexnika» kafedrasi professori t.f.d. M.Ibodullaev, «Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish» kafedrasi mudiri professor t.f.d. P.M.Matyakubova, «Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish» kafedrasi docenti t.f.f.d. M.M.Masharipov va Tashkent axborot texnologiyalar universiteti «Energiya ta’minlash tizimi» kafedrasi mudiri professor t.f.d. I.X.Siddikovlar o’rindosh sifatida ishlamoqda.

Ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari bo’yicha 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, shundan 10 dan ortig’i xorijiy jurnallarda chop etildi. Kafedra o’qituvchilari tomonidan 2 ta o’quv -uslubiy qo’llanma nashir qilinib, hozirda talabalar ularni keng foydalanmoqda.

Kafedrada ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha ham ko’p ishlar qilinmoqda. Xususan mustaqillik bayrami, 8-dekabr‒O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiya kuniga, 14-yanvar‒Qurolli kuchlar kuniga, 8-mart‒Xotin-qizlar bayramiga, xalqimizning milliy bayrami Nawrız bayramlariga mo’ljallangan bayram kechalari o’tkazilib turiladi. Bu kechalarga kafedramıznıng yoshi katta professor -o’qituvchilari taklif qilinadi.

Kafedrada ilmiy unvonga ega professor –o’qituvchilar

Abubakirov Azizjan Bazarbayevich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD). 1990-yili  13-Iyun kuni Xo’jayli shahrida tug’ilgan. 2013-yili Tashkent temir yo’l muhandislari institutining elektr ta’minoti mutaxasisligini tamomlagan. 2017-2020 -yillar oralig’ida Tashkent davlat texnika universiteti va Qoraqalpoq davlat universitetida ilimiy-tadaqiqot ishlarini olib bordi. 2020 -yili «Qayta tiklanuvchan energiya manbali elektr táminoti tizimlari reaktiv quvvati boshqaruvining ko’p fazali toklari datchiklarining modellari va tuzilish tamoyillari» mavzusida texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori dissertaciyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

2020 -yildan «Elektr texnikasi va metrologiya» kafedrasi mudiri lavozimida ishlab keladi. Uning 40 dan ortiq ilmiy ishlari chop etgan. Shundan 1 ta o’quv qo’llanma, 6 ta o’quv -uslubiy qo’llanmasi, 25 dan ortiq ilmiy maqolalari xalqaro va Respublika miqyosidagi jurnallarda nashirdan chiqqan.

 

Foydali havolalar